Zelenskiy: Iyul oyida 30 mingdan ortiq rossiyalik harbiy nishonga olindi

Zelenskiy: Iyul oyida 30 mingdan ortiq rossiyalik harbiy nishonga olindi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iyul oyida Mudofaa kuchlari bo‘linmalari uchuvchisiz tizimlar yordamida 30 mingdan ortiq rossiyalik harbiyni nishonga olganini ma’lum qildi. Bu haqda u kechki video murojaatida bildirdi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, eng yuqori natijani Ukraina Xavfsizlik xizmatining «Alfa» maxsus bo‘linmasi qayd etgan. Zelenskiy ushbu ma’lumotlar Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilganini ta’kidladi.

Prezident, shuningdek, Ukraina Xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi rahbariyatining hisobotlarini eshitganini, ular yakunlari bo‘yicha yangi operasiyalarni ma’qullagani hamda avgust oyi uchun xavfsizlik xizmatining ustuvor vazifalarini belgilaganini aytdi.

Ayni paytda NATO tarkibidagi Ukraina uchun xavfsizlikka ko‘mak va tayyorgarlik tashabbusi (NSATU) rahbariyati almashdi. Ushbu tuzilma Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berish va ukrainalik harbiylarni tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiradi.

Germaniyaning Visbaden shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda general-leytenant Giyom N. Boper NSATU qo‘mondonligini general-leytenant Kertis A. Bazzarddan qabul qilib oldi.

NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari oliy qo‘mondoni general Aleksus G. Grinkevichning ta’kidlashicha, ushbu o‘zgarishlar Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamga ta’sir qilmaydi, aksincha, ittifoqchilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish samaradorligini oshiradi.

Uning aytishicha, kelasi yil davomida missiya qo‘mondonligini yevropalik yoki kanadalik ofiserga topshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, AQSh rahbarlik qilayotgan Ukraina xavfsizligiga ko‘mak guruhi (SAG-U)ning ayrim vazifalari bosqichma-bosqich NSATU ixtiyoriga o‘tkaziladi.

Grinkevich bu o‘zgarishlar ittifoqchilarning «NATO 3.0» konsepsiyasi doirasida mas’uliyatni yanada ko‘proq o‘z zimmasiga olishga intilayotganini aks ettirishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020