Zayd ibn Horisa va osmondan tushgan farishta

Zayd ibn Horisa va osmondan tushgan farishta

Imom Lays ibn Sa’d (hijriy 94 yilda tavallud topganlar) rohimahulloh aytadilar: Menga shunday rivoyat yetib keldi:

Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu Toifda bir kishidan hachirni ijaraga sotib oldilar. So‘ng ijaraga beruvchi o‘zi xohlagan joyda tushirishini shart qildi.

Ular yo‘lda ketishar ekan, ijarachi u zot roziyallohu anhuni bir xaroba yerga olib bordi va: “Tush”, dedi. Sahobiy tushib qarasalar, tashlandiq yerda bir necha murdalar yotgan ekan. So‘ng hachirning egasi u zotni ham o‘ldirmoqchi bo‘lgan edi, sahobiy roziyallohu anhu:

– To‘xtab tur, ikki rakat namoz o‘qib olay, – dedilar.

– O‘qi, anavilar ham sendan oldin o‘qishgandi, lekin namozlari hech ham foyda bermagandi.

Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu aytadilar: “Namoz o‘qib bo‘lganimdan so‘ng, u meni o‘ldirish uchun yaqinlashdi. Men (Allohga nido qilib): “Ey rahmlilarning rahmlisi!”, dedim. So‘ng ijarachi: “Uni o‘ldirma!” degan ovozni eshitdi. Bundan qo‘rqib, kim gapirganini bilish uchun tashqariga chiqdi va hech kimni topa olmadi. O‘z yo‘liga qaytganda men yana: “Ey rahmlilarning rahmlisi!”, deb duo qildim. Xuddi shu ish uch marta takrorlandi.

Bir payt qarasam men otning ustida bir odam bilan o‘tirgan ekanman. Uning qo‘lida temir nayza, boshida esa olovning bir shu’lasi turar edi. U o‘sha nayzasini ijarachining beliga sanchdi va ijarachi o‘lib, yerga yiqildi.

So‘ng otliq menga: “Ilk bor “Ey rahmlilarning rahmlisi”, deb nido qilganingda yettinchi osmonda edim. Ikkinchi marta “Ey rahmlilarning rahmlisi”, deganingda dunyo osmoniga yetgan edim. Uchinchi bor “Ey rahmlilarning rahmlisi”, deganingda esa sening yoningga yetib keldim (ya’ni Alloh meni yubordi), dedi”.

(Bu rivoyat Imom Ibn Abdulbarr rohimahullohning “Al-isti’aab fi ma’rifatil ashaab” kitobida zikr qilingan).

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!