Zamira Gajiyeva eriga qarshi ko‘rsatmalar berdi

Zamira Gajiyeva eriga qarshi ko‘rsatmalar berdi

Londonda hibsga olingan Zamira Gajiyeva o‘z turmush o‘rtog‘i – Ozarboyjon Xalqaro bankining sobiq rahbari Jahongir Gajiyevga qarshi ko‘rsatmalar berdi. "Kun" nashrining ma’lum qilishicha, Zamira Gajiyeva sudda Londondagi barcha mol-mulkni turmush o‘rtog‘i xarid qilganini aytgan.

“2009 yilda turmush o‘rtog‘im juda badavlat odam edi. Biz 1997 yilda nikoh qurganmiz, u o‘z kapitalini 1990-yillar boshidan ko‘paytira boshlagan”, deb ko‘rsatma bergan Gajiyeva London oliy sudida.

Ayol sudyalarni turmush o‘rtog‘ining daromad manbalaridan bexabarligiga ishontirishga uringan.

“Ko‘chmas mol-mulk bo‘yicha barcha xaridlar bilan turmush o‘rtog‘im shug‘ullangan. Men u tomonidan amalga oshirilgan birorta xariddan bexabar bo‘lganman. Men bu pullarning kelib chiqishidan ham bexabarman”, deb aytgan Zamira Gajiyeva.

Nashrning ta’kidlashicha, ayol juda katta gonorar evaziga professional advokatlarni yollagan. Advokatlarning asosiy vazifasi Zamira Gajiyevaning nomi yangiliklarda tilga olinmasligi uchun sud jarayonining anonimligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan, biroq ular buning uddasidan chiqa olishmagan. 

Ta’kidlanishicha, Gajiyevaning turmush o‘rtog‘iga qarshi bergan ko‘rsatmalari Jahongir Gajiyevning vaziyatini yanada og‘irlashtirishi mumkin. Gajiyevning o‘zi hozir Bokuda ko‘p yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. Endi Britaniya sud idoralarida unga qarshi e’tirozlar paydo bo‘lishi mumkin.

Sud Gajiyevani 500 ming funt sterling garov puli evaziga ozodlikka chiqarib yubordi. Gajiyeva har kuni polisiyada qayd qilinishi kerak bo‘ladi, kechki soat 9dan keyin uydan chiqishi, xalqaro vokzallar va aeroportlarga yaqinlashishi, London tashqarisiga chiqishi taqiqlanadi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!