Zakovat o‘yinining final bosqichi tarixga muhrlanuvchi onlardan iborat

Zakovat o‘yinining final bosqichi darhaqiqat tarixga muhrlanuvchi onlardan iboratdir. Buning sababi mazkur o‘yin ilk bora respublika miqyosida tashkil etilayotgani emasdir. Albatta, birinchi darajali omillar - bu o‘yinning qamrovi, tashkil etilganlik darajasi va hissiyotlarning jo‘sh urishidir.
Mazkur keng qamrovli festival NNT Zakovat, Mass Media fondi va yoshlar ishlari bo‘yicha agantliklarning sharofati bilan tashkil etildi.
9 va 10 oktyabr kunlari finalning ilk 2 bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi etapda 22 jamoa ishtirok etdi: mahalliy bosqichda 3 va 4-o‘rinlarni egallagan 11 ta respublikaning turli xududidan 2tadan jamoa. ikkinchi bosqichda esa o‘zining ilg‘orligini tasdiqlash uchun oliy o‘rinni egallash niyatida o‘z hududlarida 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar kuch sinashdilar.
O‘yinchilar Buxorodan avtobuslarda yangi Bukhara Desert Oasis turistik klasteriga tashrif buyurdilar. ularni "Amir Temur lashkarlari" misli tarixdan tirilgan kabizabardast ko‘rinishda qarshiladilar. Ular o‘zlarining savlatlari va buyuk Amir Temurning sinmas jangovor ruhini to‘liq namoyon etib, o‘yinchilarni faqat g‘alabaga ilhomlantirib turdilar.
Barcha jamoalar zalga qay tarzda kirayotanlaridan ularning shijoati faqat g‘alaba istagida ekanligini namoyon qilardi. Ular o‘z hududlarining bayroqlarini mag‘rur ko‘tarib o‘z nomlarini baralla aytib qadam bosdilar.
Bir jamoa o‘ynar ekan, boshqa jamoalar tomoshabin vazifasini o‘tadilar. Har bir berilgan savol har ishtirokchini o‘ylanishga majbur qilar, to‘g‘ri topilgan javob esa, ovoza qilinmasada, ko‘zlarga quvonch baxshida etar edi. Javolarni to‘g‘ri topgan zaldagi ishtirokchilarning quvonchi raund g‘oliblarinikidan aslo qolishmasdi.
Savollar turli sohalarga oid bo‘lib, ularni topish uchun nafaqat bilim, balki mantiqni ishga solish va teran o‘ylash kerak bo‘ldi.
"Zakovat bu oddiy o‘yin emas, bu turmush tarzi" - degan fikrlar ko‘p tarafdan jarangladi. Basharti bir bora siz miyangizni "ishga tushirar" ekansiz, uni qayta o‘chirishning boshqa iloji bo‘lmaydi. Buni istashning ham imkoni mavjul emas xatto. Chunki ana endi dnyo siz uchun o‘zgacha jilolana boshlaydi. Siz uni misli o‘zingizga qaytadan kashf etasiz go‘yo. Siz nafaqat ko‘rasiz, balki siz eshitishni, shu tariqa analiz qilishni, anglashni va idrok etishni boshlaysiz. Axir mashoixlar ilmliga ming tanga deya bekorga aytishmagan. Agar bu naqlni kundalik hayotga moslasak, u holda bemalol aqlni ishlatgan inson o‘zi o‘z aqdirini boshqarishini baralla ayta olamiz.
9 oktyabr sanasida 3-o‘rin uchun kurashib, g‘olib bo‘lgan jamoalar:
Algoritm — Xorazm viloyati
84-jamoa — Surxandaryo viloyati
128-jamoa — Sirdaryo viloyati
19-jamoa —Qoraqalpoqiston Respublikasi
Google — Qashqadaryo viloyati
90-jamoa — Navoiy viloyati
13-jamoa — Namangan viloyati
Renessans — Jizzax viloyati
Farg'ona — Farg‘ona viloyati
Talabalar — Buxoro viloyati
iTeam — Andijon viloyati
Har bir jamoa 10 million so‘m miqdorida yutuqni qo‘lga yeiritdi.
Bugungi o‘yinlar esa davom etmoqda. 2-o‘rinni egallagan jamoalar 20 million so‘m miqdorini yutuqni qo‘lga kiritsalar, 1-o‘rin sohiblari 100 millionga ega bo‘ladilar.