Yo‘l qoidasini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgarishi kutilmoqda

Yo‘l qoidasini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgarishi kutilmoqda

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherboyev yozmoqda.
 
Yangi loyihaga ko‘ra:
 
🥸Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi (1286-modda) bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solinadi. (Amalda bu bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bo‘lib, xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.  
Huddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa esa bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Huddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi).
 
🥸Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish (123-modda) bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima belgilanmoqda. (Amalda bu bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda)
 
Yangi loyihaga ko‘ra, huquqbuzarlikni ortib borishi bilan jarima miqdorlarining ham ortib borishi bekor qilinmoqda. 
 
🥸Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolganlik (137-modda) uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda. 
 
Shuningdek, YTHning og‘ir yoki yengil darajasiga qarab jarimalar ham aniqlashtirilmoqda. Xususan:

🥸Yo‘l transport xodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda xodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar yo‘l-transport xodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jaroxati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
 
Yo‘l transport xodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda xodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar yo‘l-transport xodisasi natijasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarga nisbatan og‘irroq oqibat keltirib chiqargan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.  
(Amalda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi)
 
🥸Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish (141-modda) bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. (Amalda bu bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda) 
 
🥸Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish (147-modda) fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. (Amalda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravari miqdorida)
 
Shuningdek, qonun loyihasiga ko‘ra, epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzganlik(54-modda) uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga o‘ttiz baravari miqdorida jarima solinadi. (Amalda bu fuqarolarga yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa  o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda edi)

Loyiha deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Ungacha takliflardan kelib chiqib ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!