Yaponiyada Sakuradzima vulqoni otila boshladi

Yaponiyada Sakuradzima vulqoni otila boshladi

Meteorologlar mahalliy vaqt bilan soat 07.20da “portlash xarakteridagi” otilishni qayd qilishgan. Shuningdek, vulqon krateridan 800-1000 metr masofagacha yirik toshlar otilgani qayd qilingan. Mutaxassislar vulqon ortidan kuzatuv olib borishmoqda. 

Vulqon otilishi sababli hududda mumkin bo‘lgan 5 darajadan 3-xavflilik darajasi amal qilmoqda. Bu esa tog‘ga yaqinlashish va unga ko‘tarilish man etilganini anglatadi. Mutaxassislar tosh va lavalar otilishi mumkinligi sababli vulqondan 2 km masofagacha hududda ehtiyotkorlik namoyon etishga chaqirishgan.

Sakuradzima vulqoni balandligi dengiz sathidan 1117 metrgachani tashkil qiladi va uning yonbag‘irlarida parazitik kraterlar bor.   

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!