Yaponiyada ilk bor nindzya-ustasi diplomi berildi

Yaponiyada ilk bor nindzya-ustasi diplomi berildi

Qirq besh yoshli yaponiyalik Jenichi Misuxasi dunyoda birinchi marta nindzya-magistri diplomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Japan Times xabar qildi.

Erkak birinchi nindzya - klanining tarixiy vatanida joylashgan - Mi universiteti aspiranturasida ikki yil davomida tahsil oldi. U hujjatlarni o‘rganib, ma’ruzalarni tingladi va "jang san’ati amaliy jihatlarini to‘liq o‘rgandi".

"Nindzyalar ertalab dehqonchilik qilishini, tushdan keyin esa jang san’ati bilan shug‘ullanishlarini o‘qidim. Men nafaqat ko‘p mashq qildim, balki sabzavot ham yetishtirdim. Qora kiyimli yollanma qotillar har tomonlama omon qolish qobiliyatiga ega bo‘lganlar", - dedi Misuxasi.

U kung fu va serinji-kempo nomi bilan tanilgan yapon jang san’atini o‘rgandi. Endi usta boshqalarga ninzya mahoratini o‘zining shaxsiy dojosida o‘rgatmoqda (yapon jang san’ati bo‘yicha mashg‘ulotlar, musobaqalar va imtihondan o‘tkazish joyi), mahalliy mehmonxonani boshqaradi va bir vaqtning o‘zida doktorlik dissertasiyasi ustida ishlaydi.

2017 yilda Mi universitetida dunyoda birinchi nindzya tadqiqot markazini tashkil qilindi va bir yildan so‘ng magistratura ochildi. Yaponiya tarixi professori Yuji Yamada Misuxasining o‘z vazifasiga sodiqligini alohida e’tirof etdi.

Oliygohga o‘qishga kirish uchun talabalar Yaponiya tarixi va tarixiy hujjatlarni o‘qish qobiliyatiga ega bo‘lishi bo‘yicha imtihondan o‘tadi. Ta’lim muassasasi rahbari ta’kidlashicha, har yili faqat uch nafar abituriyent o‘qishga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!