Yaponiyada bir vaqtda ikkita zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyada bir vaqtda ikkita zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyaning asosiy Xonsyu orolining sharqiy va g‘arbiy sohillarida 5,3 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi.  Bir soatdan kam vaqt oralig‘ida Yaponiya Meteorologiya boshqarmasi tomonidan zilzilalar haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Soat 12.17 (Toshkent vaqti bilan 8.17)da Tinch okeanining sharqiy sohilidagi Fukusima prefekturasi yaqinida 5.3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila markazi 50 kilometr chuqurlikda edi. Sunami tahdidi yo‘q. Maksimal zarba kuchi yetti balli Yaponiya shkalasi bo‘yicha 4 ballni tashkil etdi.

5.3 magnitudali ikkinchi zilzila mamlakatning g‘arbiy sohilidagi Gifu prefekturasida yuz berdi. O‘chog‘ 10 kilometr chuqurlikda yotar edi. Zilzilaning maksimal kuchi 4 ballni tashkil etdi. Sunami tahdidi yo‘q.

Ikkala holatda ham qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!