Yandex Go yo‘lovchilarga elektron chek berishni boshladi

Yandex Go yo‘lovchilarga elektron chek berishni boshladi

Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish dinamikasi Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida aks etmoqda.

O‘tgan yilning dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.

Soliq qo‘mitasi boshqa onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlari bilan integrasiyalashuvini ta’minlash va to‘lov shaklidan qat’i nazar, yo‘lovchilarga chek berish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!