Yana bir davlat rahbari prezidentlikdan ketish shartini ma’lum qildi

Yana bir davlat rahbari prezidentlikdan ketish shartini ma’lum qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Bi-bi-sining HardTalk dasturiga bergan intervyusida reyting uchun ishlamasligi va hokimyatga yopishib qolmasligini aytib, davlat rahbari lavozimini boshqa odam egallashi shartini ma’lum qildi.

“Agar men [Donbasdagi] urushni yakunlay olmasam, demak ushbu fojiali voqeani yakunlanydigan boshqa odam kelishi kerak”, - dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik bitimi tuzilishini istisno etmaydi. “Men bunga ishonaman. Aksincha bo‘lganida, men Ukraina prezidenti bo‘lmas edim. Bu juda qiyin va bu yerda bizga butun dunyoning ko‘magi kerak, bu haqiqat”, - dedi Ukraina rahbari.

“Bugun bizda faqatgina “Normand formati” borligini yaxshi tushunamiz va biz Minsk yo‘nalishi bo‘yicha ketmoqdamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy. U “Normand to‘rtligi” (Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya) rahbarlarining 2019 yil dekabrdagi kelishuvlarining asosiy nuqtasi Ukrainaning sharqida o‘t ochishni to‘xtatish ekanligini esladi. "Men bu nuqta bugun amalga oshirilganiga ishonaman", - dedi prezident.

Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya bilan Donesk va Lugansk viloyatlari Kiyev tomonidan nazorat qilinmaydigan tumanlarning alohida maqomiga nisbatan kelishmovchiliklarga ishora qildi. Shuningdek, u Donbassdagi Rossiya bilan chegara nazoratini mahalliy saylovlardan so‘ng Ukrainaga o‘tkazishga rozi emasligini bildirdi. “Biz u yerda saylovlarni ta’minlay olmaymiz. Kuzatuvchilarning hech biri kelmaydi. <...> Ammo biz Minsk bo‘ylab yurmoqdamiz. Ha, Minsk uchun biroz moslashuvchan bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan bir narsa bor. Vaqt o‘tganini tushunasiz ... ”, - dedi davlat rahbari.

Mart oyida Zelenskiy The Guardian nashriga bergan intervyusida Kiyev bir yil ichida oldinga siljishga erisha olmasa, Donbass bo‘yicha Moskva bilan muzokaralardan chiqib ketishga tayyor bo‘lishini aytdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u “ukrain xalqi unga bergan” besh yilni shartnomalar ustida ishlashga ajrata olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!