Yamanda yana 1 million bola ochlik xavfiga uchradi

Yamanda yana 1 million bola ochlik xavfiga uchradi

Save the Children xalqaro tashkiloti Yamanda yana 1 million bolaning ochlik tahdidiga uchraganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda VVS.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi, mahalliy valyutaning qadrsizlanishi va urush tufayli ovqat topishga qiynalayotgan oilalar soni ortmoqda.

Yamanga kirish darvozasi hisoblanuvchi Hadiyda port shahrida ham otishmalarning boshlanishi oziq-ovqat masalasi yanada qiyinlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 

Save the Children ma’lumotiga ko‘ra, yamanlik 5,2 million bolaga ochlik xavf solmoqda. Mamlakat aholisi 27 million bo‘lib, shuning to‘rtdan uch qismi yordamsiz kun kechira olmaydigan avholga tushgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!