Xorazmda "stanok" ichiga kirib ketgan ayol halok bo‘ldi

Xorazmda "stanok" ichiga kirib ketgan ayol halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqning "YouTube" kanali orqali "Xonqada vafot etgan ayol masalasi" nomli tanqidiy video o‘rganildi.
Aniqlanishicha, Xonqa tumani, “Mustaqillik” mahallasida joylashgan SH.Nurmetov rahbarligidagi “Qoraqosh ta’mir plast servis” xususiy korxonasida korxonaga yonlanma ishchi sifatida jalb qilingan fuqaro Sobirova Matluba Aminovna 2021 yil 8 iyul kuni soat
09:15 larda ish jarayonida karxonaning plastlik maxsulotlarni maydalash bo‘limidagi texnika xavfsizligi talabiga javob bermaydigan qo‘lbola usulida yasalgan plastik maxsulotlarni maydalovchi stanok (drabirka)da ishlayotgan vaqtida ushbu stanokning ichiga tushib ketishi natijasida chap yelka soxasi yuqori uchligidan va chanoq-son bo‘g‘imidan chap oyog‘i jaroxatdan keyingi to‘liq amputasiyasi bilan bog‘liq tan jaroxatlari olishi natijasida vafot etgan
Mazkur holat yuzasidan 08.07.2021 yilda Xonqa tumani IIB huzuridagi TG tomonidan JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, korxonada mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha viloyat bandlik Bosh boshqarmasi tomonidan tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirishda fuqaro M.Sobirovaning vafot etishiga “Qoravosh ta’mir plast servis” xususiy korxonasida xodimlarning xavfsizlik texnikasi talab va qoidalariga rioya qilishlari ustidan bo‘lgan nazorat sustligi, xodimlarga havfsiz mehnat usullari o‘rgatilmaganligi, belgilangan tartibda ishchilar mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitilmaganligi, korxonada ishlarini noto‘g‘ri tashkil etilishi va ish joyida xavfsiz mehnat sharoiti yaratilmaganligi, marhuma texnika xavfsizligi qoidalarini bilmasligi, tajribasizligi, o‘zboshimchaligi, shoshma - shosharlik qilib, maydalash va yuvish uskunasi ichiga tushib, plastik chiqindilardan tozalashga uringanligi sabab bo‘lganligi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, korxona rahbari SH.Nurmetov O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!