Xorazmda bedarak yo‘qolgan 8 yashar qizning jasadi topildi

Xorazmda bedarak yo‘qolgan 8 yashar qizning jasadi topildi

Joriy yil 3 oktyabr kuni izsiz yo‘qolgan Diana Ahmedovaning jasadi 21 kun o‘tib ariq ichidan topildi. U Xiva tumanidagi Pishkanak qishlog‘ida yashagan edi, deya xabar bermoqda «Turon 24».

Ma’lum bo‘lishicha, 8 yashar Diananing otasi Xushnud Yoqubov ishlash uchun Rossiyaga ketgan. Qiz bobosi va buvisining qaramog‘ida qolgan. Diananing onasi ertalab soat 7 larda ishga ketib, kech qaytgan.

Qizining izsiz yo‘qolganini eshitib, Xushnud Yoqubov 5 oktyabr kuni Rossiyadan uyiga qaytgan.

Qidiruv ishlari davom ettirilib, oradan 21 kun o‘tgach, Diananing jasadi Pishkanak qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi ariqdan topilgan.

Hozir Diananing o‘ldirilishida gumon qilinib,  amakisi M.YA. qamoqqa olingan. U Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «v», «z» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, tergov ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!