Xivada XIX asrga oid tarixiy hujjatlar topildi

Xivada XIX asrga oid tarixiy hujjatlar topildi

23 avgust kuni Xiva shahridagi xon yasovulboshisi Shixnazarboyning hovlisini ta’mirlab turgan ustalar tomonidan XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar topildi.  Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ustalar tomonidan qazish ishlari olib borilganida qopga solib, ko‘mib, yashirib qo‘yilgan hujjatlar topilgan.

Bu hujjatlarning 49 tasi qozixat va 3 tasi xon yorliqlari ekani aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Xorazm viloyati bo‘yicha texnik nazoratchisi Xajiyev Yusufboy tomonidan bu hujjatlar Xiva Ichon-Qal’a muzey qo‘riqxonasi fondiga topshirildi. Hozirda noyob hujjatlarni muzey mutaxassislari tomonidan o‘rganish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlari boshlab yuborilgan.

 

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!