Xitoylik erkak ikki kun falaj bo‘lib, internet-kafeda qolib ketdi

Xitoylik erkak ikki kun falaj bo‘lib, internet-kafeda qolib ketdi

Xitoyning Shenchjen shahridagi internet-kafeda erkakka yordam kerak ekanligini ikki kun o‘tgandan keyin bilib qolishgan.

Xabar qilinishicha 42 yoshli kishi internet-kafega 31 mart kuni ertalab kelgan va 2 aprel kuni kechgacha qimirlamay o‘tirgan. Xodimlar buni sezib tez yordam chaqirishgan. Bu vaqtga kelib erkak gapira olmay, oyoq-qo‘li ishlamay qolgan edi.

Shifokorlar uni tekshiruvdan o‘tkazishdi va miyaga qon quyilganini aniqlashdi. Bunday hollarda 3-6 soat ichida tibbiy aralashuv kerakligi ta’kidlanadi lekin, oradan ikki sutka vaqt o‘tib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!