Xitoylik ayol o‘g‘lining komadan uyg‘onishini 12 yil kutdi

Xitoylik ayol o‘g‘lining komadan uyg‘onishini 12 yil kutdi

Van Shubao ismli Xitoylik erkak 12 yillik komadan so‘ng o‘ziga keldi. Bu vaqt davomida uni onasi parvarish qilgan, deb ma’lum qilmoqda «Xabar.uz».

Van Shubao 2006 yilda 36 yoshida avtomobil halokatiga uchragan. Olgan jarohatlari oqibatida erkak falaj bo‘lib qolgan va komaga tushgan.

Erkakning o‘sha paytda 63 yoshda bo‘lgan onasi Vey Min’in o‘g‘lini uyiga olib kelib, parvarishlay boshlagan. 12 yil davomida u o‘g‘lini davolashga bor bisotini sarflagan, qarzga botgan, puli qolmaganligi sabab hatto bir oy davomida faqat suv ichishiga to‘g‘ri kelgan.

Oradan 12 yil o‘tib barcha harakatlar o‘z natijasini berdi. Van Shubao nihoyat hushiga keldi va biroz jilmaydi ham. Hali ham qimirlay olmasligi va gapirmasligiga qaramay, uning onasi juda xursand.

«Men juda xursandman. Uning to‘liq tuzalib ketishiga umid qilyapman. Men chekinmayman», - deydi Vey Min’in.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!