Xitoydagi qadimiy shaharni qum bo‘roni qopladi

Xitoydagi qadimiy shaharni qum bo‘roni qopladi

“Men quyoshni boshqa ko‘rolmadim. Dastlab atrofimdagi qum bo‘ronidan sariq chang bor edi, keyin u qizarib, so‘ngra qora rangga aylandi”, degan mahalliy aholidan biri.

Ma’lumot o‘rnida, Dunxuan — Gansu provinsiyasidagi kichik (taxminan 180 ming aholi) shahar. Qadimgi davrlarda Dunxuan Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab mamlakatga kelgan savdogarlar uchun Xitoyga kirish eshigi bo‘lib xizmat qilgan.


Shahar yaqinida IV asrda barpo qilingan Magao ibodatxona majmuasi joylashgan.

Qum bo‘ronlari Gansuda tabiiy hodisa hisoblanadi. Ko‘pincha, chang va qum atrofni bahor faslida o‘rab oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!