Xitoyda koronavirusdan tuzalganlar yana kasallikka chalinmoqda

Xitoyda koronavirusdan tuzalganlar yana kasallikka chalinmoqda

Xitoyning Uxan shahrida 24 fevral kuni holatiga 195 kishida koronvirus infeksiyasidan qayta zararlanish holati qayd etildi. Bu haqda XXR Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar bergan.

24 fevral kungi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus yuqtirganlar soni 77,1 ming kishiga yetgan, o‘limlar soni 2592tani tashkil qilmoqda.

South China Morning Post hisoblariga ko‘ra, jahonda (Xitoyning materik qismidan tashqarida) virus yuqtirish bilan bog‘liq 2,4 ming holat qayd etilgan, so‘nggi bir kunda virusdan zararlanganlar soni 416 nafarga o‘sgan.

Eng ko‘p kasallanganlar Yaponiya (838 kishi) va Janubiy Koreyada (833 kishi). Shuningdek, Italiyada ham virus yuqtirganlar soni 200 nafardan oshgan, virus tarqalayotgan Erondagi aniq raqamlar esa ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!