Xitoyda “aqlli” futuristik elektrokar taqdim qilindi

Xitoyda “aqlli” futuristik elektrokar taqdim qilindi

Yangi mashina Toyota Camry’dan kattaroq chiqqan. Avtomobil datchiklar, peshoyna ostida joylashgan kamera, tomi o‘rtasida joylashgan lidar bilan jihozlangan. Bu elektrokarga umumiy yo‘llarda mustaqil harakatlanishga imkon beradi. 

Foto: Byton

Mashina kuzovining oldida radiator panjarasini imitasiya qiluvchi animasion detal joylashgan, yon oynalari esa kameralar o‘rnini bosadi.  

Foto: Byton

Avtomobil saloni futuristik ko‘rinishda bajarilgan – dastaklar o‘rniga sensor panellar joylashgan, old panel katta displey ko‘rinishida ishlangan.

Mashinaning narxi va boshqa ko‘rsatkichlari ma’lum qilinmagan.

Foto: Byton

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!