Xitoyda aniqlangan yangi virus ham butun dunyoga tarqaladimi?

Xitoyda aniqlangan yangi virus ham butun dunyoga tarqaladimi?

Doktor-virusolog Yevgeniya Tarasova "Vechernaya Moskva" bilan suhbatda  SFTS virusining Xitoyda aniqlanishi haqida gapirdi.

"Mavjud karantin choralari va yopiq chegaralar sharoitida infeksiyaning bizga yuqishi ehtimoli juda kam", dedi ekspert. Uning ta’kidlashicha, infeksiyaning barcha o‘choqlari bitta mamlakat ichida joylashgan va virus o‘zi uzoq vaqtdan beri mavjud.

Tarasova  SFTS bunyavirus guruhiga tegishli ekanligini tushuntirdi. Ular hashoratlar, kemiruvchilar, artropodlar va sutemizuvchilarda uchraydi. U qon, yiring, chaqish orqali, kasallik tashuvchisi tanasidan biologik moddalarning shilliq qavatiga tushadi.

Avvalroq, Xitoyda kana orqali yuqadigan yangi  SFTS virusi tarqalishi qayd etilgandi. Kamida yetti kishi ushbu virusdan o‘lgan. Shu bilan birga, mutaxassislar barcha choralar ko‘rilgan bo‘lsa, vahima qo‘zg‘ash uchun hech qanday sabab yo‘q deb hisoblashadi.

 SFTS birinchi marta 2009 yilda Xitoyda topilgan. Virusning belgilari trombositopeniya, leykositopeniya, oshqozon-ichak traktining zararlanishi, qusish, diareya. Bundan tashqari, ushbu kasallikni aniqlash uchun diagnostika mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!