Xitoy Rossiyadan neft va ko‘mirni yuanga sotib olmoqda

Xitoy Rossiyadan neft va ko‘mirni yuanga sotib olmoqda

O‘tgan oy Xitoyning bir nechta kompaniyalari rus ko‘mirini yuanga sotib oldilar va shu oyda Xitoyga birinchi bor yetkazib berish kutilmoqda. Bu haqda Xitoyning Fenwei Energy Information Service Co konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Agentlikning qayd etishicha, bu AQSh va Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etganidan keyin yuanda to‘langan birinchi xomashyo yetkazib berishdir. Rossiya neft kompaniyalari ham yuanda to‘lashga ruxsat berdi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, yuanga sotib olingan neftning birinchi partiyalari may oyida Xitoydagi mustaqil neftni qayta ishlash zavodlariga jo‘natiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!