Xitoy qo‘y va cho‘chqani chatishtirib, go‘shtini O‘rta Osiyoga pullayaptimi? (video)

Xitoy qo‘y va cho‘chqani chatishtirib, go‘shtini O‘rta Osiyoga pullayaptimi? (video)

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qulog‘i cho‘chqanikiga o‘xshash, g‘ayritabiiy yumaloq semiz qo‘ylar videosi aylanmoqda. Video “Diqqat! Xitoy qo‘y va cho‘chqani chatishtirib go‘shtini O‘rta Osiyoga yubormoqda. Bunday go‘shtni iste’mol qilish xavfli, u inson irsiyatini o‘zgartirib yuboradi. Buqani qo‘chqa bilan chatishtirilib bizning kolbasa sexlariga yo‘llashmoqda. Bu go‘shtni Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xarid qilmoqda. Hech qaysi kolbasa mahsulotini iste’mol qilmang. Yaqinlaringizga yuboring!” degan ogohlantiruvchi so‘zlar bilan tarqaldi.

Bu o‘tgan asrda Belgiyada chatishtirilgan Belteks qo‘y zotidir. Ular 70-90 kilogramm vaznda bo‘ladi. U Yevropada keng tarqalgan Teksel qo‘y zotiga qarindoshdir, aniqrog‘i Tekselning yangilangan avlodi. Belteks – Belgiya tekstili ma’nosini anglatadi.

Xo‘sh, u qanday jonivorlarni chatishtirib yaratilgan. Biolog va genetik tadqiqotchi Baxtiyor Sheraliyevning aytishicha, qo‘y bilan qo‘yni chatishtirib yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!