Xitoy bahorda «poyezd–samolyot»ni namoyish etmoqchi

A A A
Xitoy bahorda «poyezd–samolyot»ni namoyish etmoqchi

Xitoy tez harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘llar qurilishida mo‘’jiza ko‘rsatmoqda, deb yozadi «Mir Novostey» haftanomasi.

Bundan 20 yillar muqaddam mamlakat temir yo‘llarida tezlik soatiga 48 kilometrdan oshmasdi – undan ko‘ra mashinada tezroq edi. Bugungi kunda ushbu mamlakat jahonda eng yuqori tezlikdagi temir yo‘llar tarmog‘iga ega bo‘lib, umumiy uzunligi 7050 kilometrdan ziyod. Hatto 2000 kilometrlik qismida poyezd to‘xtamasdan soatiga 350 kilometr tezlikda yuradigan yangi tezyurar poyezd yaratildi.

U dunyodagi birorta temiryo‘l transportiga o‘xshamaydi. Kuzatuvchilarning aytishicha, poyezd Xitoy qilichini eslatadi. Ammo u magistralga chiqqani yo‘q. Sinov platformasi vazifasini o‘tyapti, xolos. Unga qarab, kelajakda yangi – soatiga 1500 kilometr tezlikda «uchadigan» o‘ta tezyurar poyezdlarni yaratishda texnologik-muhandislik yechimlarini topishda foydalaniladi.

Janubi-g‘arbiy transport universiteti professori Chendu Chjan Veyxuaning ta’kidlashicha, bunday poyezd tarkibi 2021 yil aprelda paydo bo‘ladi.

Ushbu «poyezd–samolyot» havosi deyarli to‘liq so‘rib olingan vakuum quvurlari ichida harakatlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!