Xitoy AQSh bilan “kelishuv“ni barbod qildimi?

Xitoy AQSh bilan “kelishuv“ni barbod qildimi?

AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoy savdo muzokaralari doirasidagi kelishuvni barbod qilganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Ular kelishuvni barbod qildi. Buning uchun javob berishadi. Biz bojlarni oshirib boramiz... va ortga qaytmaymiz , degan Tramp Floridada o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.

Shuningdek, Tramp payshanba kuni Vashingtonga Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe tashrif buyurishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanbada AQSh Prezidenti 10 maydan Xitoyning qator tovarlariga boj miqdorini 10 foizdan 25 foizga oshirishni va’da qilgandi.

Mazkur bayonotdan so‘ng OAVda Xitoy Vashingtonda bo‘lajak savdo muzokaralarini bekor qilishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!