Xiaomi kompaniyasi Pentagonning "qora ro‘yxat"idan chiqdi

Xiaomi kompaniyasi Pentagonning  "qora ro‘yxat"idan chiqdi

AQSh mudofaa vazirligi Xitoyning Xiaomi Corp kompaniyasini XXR mudofaa sohasi bilan aloqador kompaniyalar "qora ro‘yxati"dan chiqarishga rozi bo‘ldi.

Mart oyida Xiaomi Pentagon tuzgan ushbu ro‘yxatdan chiqarilish bo‘yicha sud qaroriga erishdi. Vashington okrug sudi AQSh mudofaa vazirligining kompaniyaga nisbatan qarorini "qo‘pol xato" deb topdi va qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

Chorshanba kuni Pentagon o‘z qarorini bekor qilishga rozi bo‘lgani ma’lum qilindi.

O‘tgan yil noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalari va xususiy investorlariga Xitoyning 30dan ortiq kompaniyasi aksiyalariga egalik qilishni taqiqlovchi farmonni imzolagandi. Shu yilning yanvarida Xitoyning yana sakkiz kompaniyasi bilan birga Xiaomi ham ro‘yxatga kiritilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!