Xarkovda 2 ta HIMARS yakson qilindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

Xarkovda 2 ta HIMARS yakson qilindi – Rossiya Mudofaa vazirligi

Ukrainaga yetkazib berilgan Amerikaning HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari yo‘q qilindi.

Rossiya Qurolli kuchlari Xarkovdagi "Ukrainskiye energeticheskiye mashini" zavodi hududida bo‘lgan ikkita Amerikaning HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarini yo‘q qilishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.

“Rossiya Federasiyasi Qurolli kuchlari Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyani davom ettirishmoqda. Yuqori aniqlikdagi zarba natidasida Xarkov shahridagi “Ukrainskiye energeticheskiye mashini" zavodi hududidagi ikkita Amerikaning HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari yakson qilindi. Shuningdek, 53 nafar ukrainalik millatchilar va xorijiy yollanmalar yo‘q qilindi”, - dedi Konashenkov.

Bundan tashqari, Odessa viloyatida “Harpoon” uchirish qurilmasi yakson qilingan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi 5 iyuldan 20 iyulgacha yuqori aniqlikdagi qurol bilan Ukrainadagi 4 ta HIMARS qurilmasi yo‘q qilinganini xabar qilgan edi.

Joriy yil 24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denasifikasiya va demilitarizasiya qilish bo‘yicha maxsus operasiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rasmiylari tomonidan zo‘ravonlik va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!