Xakerlar Britaniya armiyasining Twitter va YouTube akkauntlarini buzib kirishdi

Xakerlar Britaniya armiyasining Twitter va YouTube akkauntlarini buzib kirishdi

Britaniya armiyasining Twitter va YouTube'dagi akkauntlari xakerlik hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda Bloomberg .

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Britaniya armiyasining YouTube kanali Ark Investment Management LLC tomonidan o‘tkazilgan bitkoin forumidan Tesla asoschisi Ilon Mask ishtirokidagi videolarni joylashtirgan. Twitter'da esa NFT tokenlari uchun reklama paydo bo‘ldi.

Keyinroq Britaniya armiyasi Twitter'da “nashrlardagi vaqtinchalik uzilishlar” uchun uzr so‘radi va voqea tergov qilinayotganini ta’kidladi.

Ark Investment Bloomberg'ning izoh so‘roviga javob bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!