Iqtisodiyotimiz so‘nggi yillarda juda yuqori sur’atlarda o‘smoqda. Xususan, pandemiyadan keyingi davrda jon boshiga nominal YAIM hajmi qariyb 2 barobargaoshdi. Shuningdek, mamlakatdagi umumiy tengsizlik darajasi (Djini koeffisiyentiga ko‘ra) ketma-ket ikki yildan buyon qisqarmoqda. Ya’ni mamlakatimizda uy xo‘jaliklarining daromadlario‘rtasidagi tengsizlik pasaymoqda.
Lekin viloyatlar kesimida holat qanday?, daromadlar bir-biriga yaqinlashyaptimi yoki teskari tendensiya kuzatilmoqda-mi?
Iqtisodiyotda ( Solow modelining xulosalaridan biri) vaqt o‘tishi bilan past daromadli davlatlarda daromadlar yuqori daromadli mamlakatlarga yaqinlashadi degan xulosa mavjud. Ya’ni vaqt o‘tishi bilan mamlakatlar (bizning holatda viloyatlar) o‘rtasida tengsizlik kamayadi. Bu borada yakdil empirik natijalar mavjud bo‘lmasa-da viloyatlar kesimida mazkur model xulosalarni qayta tekshirib ko‘rdim.
Bunda, 2010-2025 yillarda viloyatlar kesimida jon boshiga daromadning (umumiy daromad) yillik o‘rtacha o‘sishi hamda 2010 yildagi jon boshiga daromadi o‘rtasidagi bog‘liqlik olingan. Agar viloyatlar kesimida daromadlar bir-biriga yaqinlashayotgan bo‘lsa, unda 2010 yilda daromadi yuqori bo‘lgan hududlar sekinroq o‘sgan, daromadi pastroq hududlar esa tezroq o‘sgan bo‘lib chiqishi kerak.
Birinchi (yuqoridagi) grafikda bu holatga guvoh bo‘lmaymiz, ya’ni 2010 yilda daromadi yuqori bo‘lgan hududlar nisbatan tezroq o‘sgan. Lekin bu grafikda bog‘liqlikni birgina poytaxt buzayotganligini ko‘rish mumkin. Ya’ni Toshkent shahri 2010 yilda eng yuqori daromadga ega hudud bo‘lgan bo‘lishiga qaramasdan, daromad butun davr davomida boshqa hududlardan tezroq o‘sgan.
Agar Toshkent shahrini olib tashlab bog‘liqni qayta tekshirsak ko‘ramizki 2010 yildagi daromad hamda so‘nggi 15 yildagi o‘rtacha o‘sish o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud (quyi grafik). O‘rtacha olganda 2010 yilda daromadi pastroq bo‘lgan hududlar daromadi yuqoriroq hududlardan tezroq o‘sgan. Ya’ni Toshkent shahrini hisobga olmaganda hududlar o‘rtasida daromadlar bir-biriga yaqinlashgan. Agar grafikdan Navoiy viloyati olib tashlansa ham mazkur bog‘liqlik saqlanib qoladi.
Toshkent shahrining mutlaq istisnoligi 2020 yildan keyingi davrda xizmatlar sohasidagi judayam yuqori o‘sish bilan ham izohlanadi. Agar pandemiyadan oldingi davrda xuddi shu bog‘liqlikni tekshirsak, Toshkent shahri bog‘liqlikning to‘liq buzilishiga olib kelmaydi.
Lekin 2019 yildan keyingi davrda Toshkent shahrisiz ham viloyatlar o‘rtasida daromadlar yaqinlashishi sekinlashgan (bu esa alohida o‘rganilishi kerak chamamda).
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.
Бугун, 5 август куни Ўзбекистон футбол ассоциацияси (ЎФА) мажлислар залида миллий терма жамоа бош мураббийи Фабио Қаннаваро иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтди.
Мутахассислар куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ сув ичиш ва болалар ҳамда кексалар саломатлигига алоҳида эътибор қаратишни тавсия этмоқда.
Латвия Миллий Қуролли кучлари штаби офицери Янис Слайдинш Россия ва Беларус президентларидан ҳам худди Венесуэла ва Эрон раҳбарларидек "қутулиш" кераклигини маълум қилди.
Қорақалпоғистонда фермер хўжалигидан газ учун асоссиз ундирилган 96 млн сўмдан ортиқ маблағ қайтарилди. Ўрганишларда газ сарфини аниқлашда асосий қурилма ўрнига юқорироқ кўрсаткич қайд этган иккинчи ҳисоблагич маълумотларидан фойдаланилгани аниқланди.
Ҳароратнинг бор-йўғи 1 даражага кўтарилиши матча чойи ҳосилига ва унинг ўзига хос таъмига жиддий хавф туғдирмоқда. Натижада чой тобора тахирлашиб, нархи сезиларли даражада ошиши мумкин.
Испания Ички ишлар вазири Фернандо Гранде-Марласка Сеута анклавига кирган 72 минг нафар муҳожирдан 70 минг нафари аллақачон Марокашга қайтарилганини маълум қилди.
Фернандес Магалён автомобил ўғирлаш, товламачилик ва наркотик савдосида ҳам айбланмоқда. Унга нисбатан АҚШ Миллий хавфсизлик бошқармаси ҳам тергов олиб бормоқда.