Video: O‘qituvchi maktabga kelgan o‘quvchining makiyajini artib tashladi

Video: O‘qituvchi maktabga kelgan o‘quvchining makiyajini artib tashladi

Xitoyning Guachjou okrugida joylashgan 3 sonli o‘rta maktabda noodatiy voqea yuz berdi. Maktab o‘qituvchisi maktabga makiyaj bilan kelgan o‘quvchining yuzini artib tashladi. Maktab xodimining bu harakatlarini muassasa rahbari ham, o‘quvchilarning ota-onalari ham qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda xorij nashrlariga asoslanib To‘g‘ri.uz yozmoqda.

Xitoyning Guachjou okrugidagi 3 sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi maktabga kelgan o‘quvchining makiyajini artib tashladi. Maktab rahbarining bu harakatini ota-onalar qo‘llab-quvvatlagan. Ular ayrim qizlarning boshqa maktab o‘quvchilaridan alohida ajralib turishiga qarshi ekanliklarini ma’lum qilishgan.

Xitoycha tartib

Xitoy maktablarida o‘ziga xos dress-kod mavjud. Ya’ni maktab o‘quvchilari tartib bilan kiyingan bo‘lishi va makiyaj qilmasligi kerak. Biroq qat’iy tartib-qoidalarni ham buzadiganlar topiladi. Katta sinf o‘quvchilaridan biri bu qoidani chetlab o‘tmoqchi bo‘ldi va maktabga makiyajda keldi. Biroq o‘quvchining bunday urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.

Maktab rahbarining asabi dosh bermadi va...

O‘qituvchi o‘quvchilarga bunday holda dars mashg‘ulotlariga kelishi mumkin emasligini bot-bot takrorlagan. Ammo har kuni hadeb bir narsani qaytaraverishga uning asabi dosh bermadi: u latta oldida o‘quvchining makiyajini butunlay artib tashladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!