“UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi

“UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Germaniyaning yirik logistika kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy multimodal transport logistika markazi tashkil etiladi.

Bu haqda «O‘ztemiryo‘lkonteyner» matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil sentyabr oyida Germaniyaga tashrifi davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Germaniyaning “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari o‘rtasida Andijon viloyatida hamkorlikda zamonaviy multimodal logistika markazini qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ta’kidlanishicha, ushbu kelishuvga ko‘ra Andijon logistika markazi negizida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari o‘rtasida “UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy logistika markazi ochiq va yopiq bojxona omborlari, konteynerlarni ortish-tushirish maydoni, og‘ir yuklarni qayta ishlash va multimodal tashuvlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.

2024-2026 yillarda loyihaga 20 mln. Yevro investisiya kiritish orqali kelgusida logistika markazida yiliga 250-300 ming tonna yukni qayta ishlash imkoni yaratiladi.

“UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi mart oyining oxirlariga rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!