O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 kvadrillion 72,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 foiz o‘sgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishga tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati sezilarli hissa qo‘shgan. Hisobot davrida sanoat hajmi 272,6 trln so‘mga yetib, 8 foiz, qurilish 79,2 trln so‘m bilan 13,7 foiz, savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari 151,2 trln so‘m bilan 13,5 foiz, tashish va saqlash, axborot hamda aloqa sohasi esa 88 trln so‘m bilan 18,6 foiz o‘sishni qayd etdi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida ishlab chiqarilgan qo‘shilgan qiymat 154,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 4,7 foiz bo‘ldi. Boshqa xizmat tarmoqlari hajmi 282,4 trln so‘mga yetib, 4,1 foizga oshdi.

Hisobot davrida YAIM deflyator indeksi 2025 yilning yanvar–iyun oylaridagi narxlarga nisbatan 109,8 foizni tashkil etdi. Eng yuqori deflyator ko‘rsatkichlari sanoatda 113,1 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 111,6 foiz, boshqa xizmat tarmoqlarida esa 111,5 foiz bo‘ldi.

Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan past deflyator indekslari tashish va saqlash, axborot hamda aloqada 103,2 foiz, qurilishda 105,6 foiz, savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 106,2 foizni tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа