O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

So‘nggi kunlarda Xitoyning turli hududlarida, jumladan, Pekin shahri aholisi o‘rtasida COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanishning yangi holatlari ro‘y bergani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi Xitoyda bo‘lib turgan va mazkur mamlakatga kelishni rejalashtirayotgan vatandoshlardan quyidagilarga e’tibor qaratishlarini so‘raydi:

1. XXR Hukumatining koronavirus tarqalishini to‘xtatish hamda kasallik oqibatlarini bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va ko‘rayotgan chora-tadbirlariga qat’iy rioya etish.

2. 2021 yil 19 yanvardan e’tiboran xorijiy mamlakatlardan poytaxt Pekinga keladiganlar sog‘ligini nazoratga olish uchun karantin muddati 28 kungacha uzaytirildi. Xorijdan Xitoyning boshqa shaharlari orqali Pekinga kirmoqchi bo‘lganlar poytaxtga kirishdan oldin o‘sha shaharlarda 21 kun karantinda bo‘ladi. Pekinga yetib kelgach, ularning salomatligi 7 kun davomida yana kuzatuvga olinadi.

3. Xitoydan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan vatandoshlarga “Sian–Toshkent-Sian” yo‘nalishida charter havo qatnovlarini amalga oshirayotgan Xitoy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi tavsiya etiladi. Talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalar uchun aviachipta xarid qilishda chigirma mavjud. Aviakompaniya vakili: +86 136 6656 9568.

4. O‘zbekiston fuqarolari XXR hududidan Seul shahriga (Koreya Respublikasi poytaxti) yetib olishi va aeroport tranzit hududidan chiqmagan holda haftaning har juma kuni “Uzbekiston Airways” AJ amalga oshirayotgan “Toshkent-Seul-Toshkent” yo‘nalishidagi reyslar orqali Vatanga qaytishlari mumkin. Aviakompaniyaning Pekin va Seul shaharlaridagi vakillari:
Trobov Murod Hakimjonovich, tel.: +8618401969633 (Pekin)
Abdullayev Ayubxon Kamilovich, tel.: +821087186850 (Seul)

5. O‘zbekistonga qaytgan va o‘qishni/mehnat faoliyatini davom ettirish maqsadida Xitoyga qaytishni rejalashtirayotgan vatandoshlarga ta’lim muassasasi/ish beruvchi bilan bog‘lanib, o‘zlarining Xitoyga qaytishlari bo‘yicha maslahatlashib olish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi:
Bobur Yaxyayev +86 135 1102 4242
Faxriddin Suleymanov +86 155 1004 3355

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Elchixonasi mas’ul xodimlari:
Rustam Nazarov +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040
Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov +86 186 1812 9040
Avaz Kamalov +86 178 1070 2707

O‘zbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi mas’ul xodimi:
Aziz Ulug‘bekov +86 131 2255 5772

O‘zbekiston Respublikasining Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi mas’ul xodimi:
Rahmon Ernazarov +86 186 6485 5747


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!