O‘zbekistonning asosiy eksport bozori — qaysi davlat?

O‘zbekistonning asosiy eksport bozori — qaysi davlat?

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, Shveysariya O‘zbekistonning asosiy eksport bozori bo‘lib qolmoqda.

Yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha unga mamlakat umumiy eksportining 31 foizi to‘g‘ri keldi. Taqqoslash uchun, Xitoyga 18 foiz, Rossiyaga esa 16 foiz to‘g‘ri kelgan.

Mamlakat Shveysariyaga pulga chaqqanda 1,5 mlrd AQSh dollarilik mahsulotlar sotdi. Taqqoslash uchun, bu Osiyodagi barcha mamlakatlarga eksportdan (1,3 mlrd dollar) ko‘proq va MDHning barcha davlatlariga eksport hajmidan biroz kamroq (1,6 mlrd dollar).

O‘zbekistonning Shveysariyaga asosiy eksport mahsuloti - qimmatbaho metallar, xususan, oltin bo‘lib qolmoqda. Ular umumiy hajmning 30 foiziga teng bo‘ldi.

«I chorakda o‘rtacha narxlar bo‘yicha hisoblangan oltin sotish hajmi - 30 tonna, II chorakda - 6,6 tonnani tashkil qildi», - deyiladi MB hisobotida.

Birinchi chorakda oltinning jahon narxlari o‘rtacha bir troya unsiyasi uchun 1 330,7 dollarni, ikkinchi chorakda - 1 307,2 dollarni tashkil etib, 1,8 foizga tushib ketdi.

Shunga ko‘ra, agar joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston 1,2 mlrd dollarlik qimmatbaho metallarni (umumiy hajmdan 44%) eksport qilgan bo‘lsa, keyingi 3 oy ichida esa - faqat 310 mln dollarlik (12,3%).

II chorakdagi pasayishlarga qaramasdan, qimmatbaho metallar butun yarim yillik yakunlari bo‘yicha mamlakat eksportining asosiy mahsuloti bo‘lib qoldi - 1,5 mlrd dollar. Bu Shvesariyaga amalga oshirilgan eksport hajmi bilan barobar.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!