O‘zbekistonliklar eng ko‘p qanday kasalliklardan vafot etmoqda?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qanday kasalliklardan vafot etmoqda?

O‘zbekistonda 2018 yilning yanvar—sentyabr oylarida 112,6 mingta o‘lim qayd etildi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi. 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffisiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaydi (2017 yilning yanvar—sentyabr oylarida 4,8 promille bo‘lgan).

2018 yilning yanvar—sentyabr oylarida vafot etganlarning 60,7 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 foizi o‘simtalardan, 6,3 foizi baxtsiz hodisalar, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,1 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni tashkil etdi. Ularning 60,8 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,6 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,7 foizi tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,2 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,7 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!