O‘zbekistonlik yana bir professional bokschi AQShga yo‘l olmoqda

O‘zbekistonlik yana bir professional bokschi AQShga yo‘l olmoqda

O‘zbekistonlik professional bokschilardan yana biri - Jamshidbek Najmiddinov AQShga yo‘l olmoqda. Kun.uz`ga ma’lum bo‘lishicha, Najmiddinov okeanorti mamlakatining nufuzli promousheni Ronson Frank boshchilik qilayotgan “Uprising promotion” bilan shartnoma tuzishga erishgan.

Jamshidbekning menejeri Muhammadmirzo Najmiddinov bergan ma’lumotga ko‘ra, shartnoma uch yilga mo‘ljallangan. Bitimga muvofiq, har yili to‘rttadan jang o‘tkazish belgilangan. Janglardan har uchinchisi professional boks olamidagi eng nufuzli ikki telekanalning biri – HBO BOXING o‘tkazadigan shoudan o‘rin oladi.

Ta’kidlash joiz, ushbu telekanal shoularida ringga ko‘tarilish professional boks olamida yuqori baholanadigan voqeliklardan biridir.

Jamshidbek Najmiddinov hozirga qadar 18 ta jang o‘tkazib, 17 marta g‘alaba qozongan. Shulardan 12 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Faoliyatidagi yagona mag‘lubiyat 2017 yil 16 sentyabr kuni Ukraina poytaxti Kiyev shahrida WBC yo‘nalishining sobiq chempioni Viktor Postolga qarshi kechgan jangda qayd etilgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!