O‘zbekistonlik imomlar al-Azhar universitetida mahorat oshirishadi

O‘zbekistonlik imomlar al-Azhar universitetida mahorat oshirishadi

Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” jome masjidiga yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Al-Azhar majmuasi rahbari, shayx Ahmad Muhammad Toyyib tashrif buyurdi va kuni kecha juma namozini ado etdilar. Shayx Ahmad at-Toyyib hazratlari yurtimiz haqida o‘z fikr va taassurotlarini bildirib, jumladan shunday dedi:

– Bismillahir rohmanir rohiym! Assalomu alaykum va rohmatullohu va borakatuh! Men kamina va Azhari sharifning muhtaram ulamolaridantashkil topgan delegasiyamiz nomidan O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildiramiz. Shunday ne’matni nasib etgani uchun Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz. Biz O‘zbekistonni ziyorat qilar ekanmiz, butun dunyoni o‘z ilm nuri bilan nurafshon etgan, Allohning kalomini bizlarga yetkazib kelgan ulug‘ allomalar yurtini ziyorat qilayotganimizdan behad mamnunmiz. Biz ayni damda hozir bo‘lib turgan ushbu muborak masjid, Abu Bakr Qaffol Shoshiy nomlari bilan atalar ekan, bu zot o‘zining fiqh ilmiga qo‘shgan ulug‘ hissalari bilan, islom olamida nom qozongan bo‘lib, butun dunyodagi madrasa va islomiy ta’lim dargohlarida asarlari ta’lim berib kelinadi. Biz Al-Azhar universitetida Imom Moturudiy, Imom Nasafiy, Imom Samarqandiy asarlaridan ta’lim beramiz. Shuningdek, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning kitoblarini  ham tadqiq etamiz. Men o‘zim ham Ibn Sino falsafasi bo‘yicha mutaxassisman.Al-Azhar universitetida O‘zbekistondan juda ko‘p yoshlar ilm olishgan. Ayni damda 150 dan ziyod o‘zbekistonlik talabalar ta’lim olishmoqda. Men bu yerda “Azharu sharifda o‘qiganmiz” deganinsonlarni ko‘rib, o‘zimni juda ham baxtiyor his qilyapman. Men bilan birga al-Azhar universiteti rektori, doktor Muhammad Husayn janoblari ham tashrif buyurgan. Safarimiz davomida O‘zbekistondagi ta’lim muassasalari va al-Azhar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va kelajakda hamkorlikda ulkan ishlarni amalga oshirish maqsadida shartnoma va memorandumlar imzolashga erishdik. Kelishuvlar natijasi o‘laroq yaqin vaqt ichida o‘zbekistonlik imomlarni al-Azharu sharif qoshida ochilgan imomlar malakasini oshirish kurslarida malaka oshirib, bugungi zamonaviy muammo va masalalarga ham yechim topa oladigan mutaxassis bo‘lib qaytishlariga ishonamanMen sizlarning ochiq chehrangiz va mehmondo‘stligingiz uchun minnatdorlik bildiraman.Shayx hazratlarining diyorimizga tashriflari davom etmoqda

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!