O‘zbekistonga eng ko‘p parfyumeriya Turkiyadan olib kelinmoqda

O‘zbekistonga eng ko‘p parfyumeriya Turkiyadan olib kelinmoqda

2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 1,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan atir-upa va parfyumeriya mahsulotlari import qilindi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan.

Hisobot davrida O‘zbekistonga eng ko‘p parfyumeriya mahsulotlarini Turkiya yetkazib berdi. Bu davlatdan import qilingan mahsulotlar qiymati 417 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 245,6 ming dollar va Fransiya — 235,2 ming dollarlik mahsulot bilan qayd etildi.

Statistikaga ko‘ra, Chexiyadan 197,1 ming dollarlik parfyumeriya mahsulotlari import qilingan. Belarus hissasi 41,1 ming dollarga teng bo‘ldi.

Shuningdek, boshqa davlatlardan jami 203,1 ming dollarlik atir-upa va parfyumeriya mahsulotlari mamlakatga olib kirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.