O‘zbekistonda tanishini urib, pullarini o‘g‘irlagan er-xotinga qidiruv e’lon qilindi

O‘zbekistonda tanishini urib, pullarini o‘g‘irlagan er-xotinga qidiruv e’lon qilindi

O‘zbekiston IIV tanishini urib tan jarohat yetkazib, pullarini olib qochgan er-xotin qidirilayotgani haqida e’lon berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

21 iyun kuni Samarqand shahrida vaqtincha yashayotgan A.R tanishi bilan o‘zaro janjallashib qolgan va olgan tan jarohati sabab Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga yotqizilgan.

Samarqand shahar IIB dastlabki surishtiruv ishlari natijasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 21 iyun kuni A.R.ning tanishlari — Aleksandra Bezpyatova va uning rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i Abdurahmon O‘razovlar A.R. vaqtincha yashayotgan xonadonga kelib, hech bir sababsiz uning yuz va bosh qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazishgan.

Zo‘ravon talonchilar A.Rning "IRhone-5S" mobil telefoni va pullari, hisobida mablag‘lari bo‘lgan bank kartochkalarini olib, jabrdiydaning o‘zini yo‘lovchi taksi avtomashinasiga o‘tkazib, Toshkent shahriga jo‘natib yuborishgan. Er-xotinning o‘zi voqea joyidan yashiringan.

Aleksandra Bezpyatova va Abdurahmon O‘rozovlarni ushlash choralari ko‘rilgan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston IIV fuqarolarga murojaat qilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agar siz yuqorida jinoyat sodir etgan shaxslar haqida biron ma’lumotga ega bo‘lsangiz, darhol hududiy ichki ishlar bo‘limlariga murojat qilishinizni yoki "102" raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz. Bu bilan siz ushbu shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli xil jinoyatlarning oldini olgan bo‘lasiz", — deyiladi IIV xabarida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!