O‘zbekistonda pochtalyon Pechkinga yodgorlik o‘rnatildi

O‘zbekistonda pochtalyon Pechkinga yodgorlik o‘rnatildi

Pochtalyon Igor Ivanovich Pechkin — bolalar yozuvchisi Eduard Uspenskiy qalamiga mansub asarlar qahramoni bo‘lib, keyinchalik bu asarlar asosida «Soyuzmulfilm» kinostudiyasi tomonidan bir necha seriyali multfilm ishlangan («Prostokvashinolik uch shovvoz», «Prostokvashinoda ta’til», «Prostokvashinoda qish», «Fyodor amaki, ko‘ppak va mushuk: Matroskin va Sharik»). 

Pechkin yodgorligi Urganch shahrining markaziy al-Xorazmiy ko‘chasida, pochta xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya oldida o‘rnatilgan. Bu tadbirdan maqsad - mijozlarni jalb qilishga asoslangan marketing hiylasi ekani ko‘rinib turibdi. Biroq bu voqea shaharning sayyohlar uchun jozibasini ham biroz bo‘lsa-da, oshirishi shubhasiz.

Yodgorlik odam bo‘yi balandligida, bronzadan yasalgan. Unda pochta sumkasini osib olgan va velosiped minib olgan Pechkin gavdalangan. Uning yelkasida esa multfilm qahramonlaridan biri chumchuqcha ham bor.

Qizig‘i shundaki, bu Pechkinga o‘rnatilgan dunyodagi birinchi yodgorlik emas. Ayni paytda, Rossiyaning Luxovisi, Kolpino, Ramenskoye va Sivilsk shaharchalarida ham multfilmning tinib-tinchimas qahramoni haykallari bor.

Rossiyaning Luxovisi shaharchasidagi yodgorlik
Rossiyaning Kolpino shaharchasi
Rossiyaning Ramenskoye va Sivilsk shahri

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!