O‘zbekistonda isish jarayoni ikki barobar tezlashganmi?

O‘zbekistonda isish jarayoni ikki barobar tezlashganmi?

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi To‘rtinchi Milliy Axborotnomasini tayyorlash loyihasiga bag‘ishlangan tadbirda iqlim o‘zgarishlarining sabablari ma’lum qilindi.

Iqlim o‘zgarishining asosiy sababi atmosferada issiqxona gazlari konsentrasiyasining ortishidir. Bunga metan, uglevodorod, azot kabilarning havoga ko‘p midorda ko‘tarilishini aytish mumkin. Sanoatning ayniqsa, qazilma yoqilg‘i-qo‘mir, neft, benzin ishlatish va qazib olish jarayoni ortishi iqlim o‘zgarishida asosiy faktor hisoblanmoqda, deydi O‘zgidromet mutaxassisi R. Taryannikov.

Bu yilgi qishning iliq kelgani sababi ham iqlimdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Iqlim o‘zgarishlari borasidagi kuzatuvlar 1876 yilda boshlangan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida Toshkentda o‘rtacha harorat ortib bormoqda.

Tadbirda boshqa davlatlarga nisbatan O‘zbekistonda bu jarayon ikki barobar tezlik bilan yuz berayotgani ta’kidlandi.

Sababi O‘zbekiston qirg‘oqchilik hududida joylashgan, deydi O‘zgidromet bosh direktori birinchi o‘rinbosari B.Nishonov. Dengiz va okeanlar bizdan ancha olisda joylashgan. Agarda suv yaqinroq bo‘lsa, gazlarni salbiy oqibatlari nisbatan kamaygan bo‘lardi.

Misol uchun, Yaponiyada bu boradagi o‘rganishlarda okeanlar 30 foiz issiqxona gazlarini o‘ziga singdirishi aniqlangan.

Yig‘ilishda iqlim isishi ekotizimlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyati kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuviga, yil mobaynida jazirama davr davomiyligining ortishi va kuchayishi natijasida aholi o‘rtasida kasalliklarning ko‘payishi, shuningdek, boshqa xavfli tabiat hodisalari sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi, yuqori tog‘lardagi ko‘llarning o‘pirilishiga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!