O‘zbekistonda Coca-Cola korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda Coca-Cola korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda

Moliya vazirligida Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki, The Coca-Cola Company (AQSh) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Uchrashuvda «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd» korxonasiga strategik hamkorni taklif qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu masalani hal qilishda Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki yordam ko‘rsatishi mumkin.

Ayni paytda korxonaning 57,1 foiz aksiyasi «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasiga, 42,9 foizi esa The Coca-Cola Export Corporation korporasiyasiga tegishli.

Ma’lumot uchun, «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd» qo‘shma korxonasi 1993 yilda tashkil qilingan. Bugungi kunda kompaniyaning O‘zbekistonda 3 ta: Toshkent, Namangan va Urganchda zavodlari bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!