O‘zbekiston TIV bosh boshqarmalaridan birining rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston TIV bosh boshqarmalaridan birining rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, vazirlikning Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib Feruza Mahmudova tayinlangan.

Qayd etishlaricha, Feruza Mahmudova bungacha O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida faoliyat yuritgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!