O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi «Navbahor»ga ko‘chib o‘tdi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi «Navbahor»ga ko‘chib o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, hujumkor yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov faoliyatini Namanganning «Navbahor» klubida davom ettiradi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, namanganliklar 24 yoshli futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Jasurbek Jaloliddinov faoliyati davomida ham mahalliy, ham xorijiy chempionatlarda boy tajriba to‘plashga ulgurgan. U shu paytgacha quyidagi jamoalar sharafini himoya qilgan:

  • O‘zbekistonda: «Bunyodkor» va «Lokomotiv» (Toshkent), «Andijon», «Olimpik» (Toshkent), «Neftchi» (Farg‘ona) hamda «So‘g‘diyona» (Jizzax);

  • Xorijda: «Lokomotiv» (Moskva, Rossiya), «Tambov» (Rossiya), «Qayrat» (Qozog‘iston) va «Sumgait» (Ozarbayjon).

Shuningdek, Jaloliddinov O‘zbekistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida ham faol harakat qilgan. U U-17 (2016-2018), U-20 (2018-2021) va U-23 (2019 yildan) terma jamoalari safida maydonga tushgan.

Hozirda mahoratli yarim himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.