O‘zbekiston jamoasi Technovation Challenge xalqaro tanlovi final bosqichiga yo‘l oldi

O‘zbekiston jamoasi Technovation Challenge xalqaro tanlovi final bosqichiga yo‘l oldi

Technovation Challenge xalqaro tanlovi 2010 yildan buyon dunyoning qariyb 80 mamlakatida o‘tkazib kelinmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. O‘zbekistonlik qizlar jamoasi Technovation Challenge tanlovida ikkinchi bor ishtirok etmoqda. Bu yil Technovation Uzbekistan tanlovida 29 jamoa o‘zaro bahslashdi. Ishtirokchilar ekologiya va sog‘liqni saqlash, hayvonlarni himoya qilish, aholining bandlik darajasini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohalaridagi loyihalarini taqdim etdi.

Technovation Challenge’ning yakuniy bosqichi 2018 yilning 6—10 avgust kunlari Kaliforniyada (AQSh) bo‘lib o‘tadi. Tanlovda har bir yosh toifasida sovrinli o‘rinlar uchun bahs o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!