O‘zbekiston-Fransiya Iqtisodiy palatasi ochildi

O‘zbekiston-Fransiya Iqtisodiy palatasi ochildi

Bu tashabbus Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning 2023 yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida davlat rahbarlari tomonidan bildirilgan edi.

Fransiya-O‘zbekiston iqtisodiy palatasi 50 dan ortiq fransuz kompaniyasi va tadbirkorlarini hamda ularning o‘zbekistonlik hamkorlarini birlashtiradi.

Ikki davlat idoralari bilan munosabatni mustahkamlab boradi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha tavsiya beradi, tadbirkorlar manfaatini faol himoya qiladi.

Palata ochilishi marosimida fransuz kompaniyalarining yurtimizda qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati, energetika kabi ustuvor yo‘nalishlardagi faoliyatini rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda har ikki tomon tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va “O‘zbekiston-Fransiya” iqtisodiy palatasi prezidenti Joan Gola Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Hujjatda ustuvor yo‘nalishlar doirasida munosabatlarni yanada rivojlantirishning aniq mexanizmi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!