O‘zbekiston AYOQShlarida ECO-93 turkman benzini paydo bo‘ladi

O‘zbekiston AYOQShlarida ECO-93 turkman benzini paydo bo‘ladi

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolariga ilk bor Turkmanistonda ishlab chiqarilgan import qilingan ECO-93 benzini qo‘yila boshlandi.

“Avtobenzining sotuvchisi sifatida "Nara-Komfort Servis" MCHJ ishtirok etmoqda. Tovarni yetkazib berish shartlari – EXW sotuvchi omboridan olib ketish. Yangi birja tovarining boshlang‘ich narxi mahsulotning 100 kilogrammi uchun 600 ming so‘mni tashkil etadi”, - deyilgan milliy birja xabarida.

Bir tonna benzin o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil etadi.

Birja savdolarida ishtirok etish uchun O‘zRTXB” AJ da onlayn akkreditasiyadan o‘tish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.

ESO-93 avtobenzini Turkmanistonda 2019 yildan buyon ishlab chiqariladi. YESO-93 avtobenzinidan foydalanilganda zararli chiqindilar miqdori – oltingugurt oksidi 50 barobar, azot oksidi – 5 barobar, uglerod oksidi – 2 barobar, uglevodorod 20 foizgacha kamayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!