O‘zbekiston 2020 yildan boshlab paxta xom ashyosini eksport qilmaydi

O‘zbekiston 2020 yildan boshlab paxta xom ashyosini eksport qilmaydi

O‘zbekiston 2020 yildan boshlab paxta xom ashyosini eksportga jo‘natmasligi ma’lum qildi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yaponiyaning Nikkei Asian Review nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi «Spot».

«Kelgusi yildan boshlab paxta xom ashyosini eksport qilmaymiz. Chunki qo‘shimcha qiymatli mahsulotni qayta ishlash va ishlab chiqarish uchun yetarlicha quvvat yaratildi», — dedi vazir.

Sardor Umurzoqovga ko‘ra, hozirda tekstil mahsulotlariga xaridor va bozorlar ko‘p. Bu yil 2 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkichni 8 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston joriy yil yanvarida 3,1 million dollarlik 1,6 ming tonna paxta tolasi eksport qilgan. 2016 yil yanvarida bu raqam 49,4 million dollar va 34,6 ming tonnaga teng edi. Paxta tolasining eksportdagi ulushi bu vaqt mobaynida 8 foizdan 0,2 foizgacha kamaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!