O‘zbek jurnalisti Turkiyada hibsga olindi

O‘zbek jurnalisti Turkiyada hibsga olindi

“Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Malik Mansur Turkiyaning Istanbul shahrida hisblandi. Bu haqda Xalqaro OAV bong urmoqda.
 
Gap shundaki, 28 oktyabr kuni “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Malik Mansur (Abdumalik Boboyev) Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligi oldida bo‘layotgan namoyishlarni suratga olayotgan vaqtida polisiya tomonidan qo‘lga olingan.
 
Ma’lum qilinishicha, namoyishlardan xabar tayyorlash uchun kelgan o‘nlab jurnalistlar orasidan faqat Malik Mansur olib ketilgan.
 
Jurnalist 29 oktyabr kuni Levand qamoqxonasidan chiqarilib, Istanbuldagi polisiyaning terorizmga qarshi kurash boshqarmasiga olib kelingan. U Turkiyani tark etmaslik va muntazam polisiya nazoratida turish sharti bilan qamoqxonadan ozod qilingan. 

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!