O‘zaro hadya ulashinglar, bir-birlaringizga muhabbatli bo‘lasizlar

A A A
O‘zaro hadya  ulashinglar, bir-birlaringizga muhabbatli bo‘lasizlar

Hadya (sovg‘a) ulashishga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam targ‘ib qilganlar. Shuning uchun har bir musulmon kishi ushbu targ‘ib qilingan amalni ado etishga imkon qadar harakat qilishi fazilatli ish hisoblanadi. Mazkur fazilatli ishga taalluqli bir qancha odoblar bo‘lib, ularning eng mashhurlari quyidagilar:

Birinchi odob – ezgu niyat qilish.

Hadya beruvchi avvalo Alloh taoloning roziligi yo‘lida bir musulmonning ko‘nglini shod qilishni niyat qilishi lozim. Zero, amallar niyatlarga ko‘ra bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadya ulashishning qanday samaralari borligini shunday bayon qilganlar: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘zaro hadya  ulashinglar, bir-birlaringizga muhabbatli bo‘lasizlar”, – dedilar”. Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Ya’ni hadya jamiyat vakillarining o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishga sabab bo‘ladi.

Ikkinchi odob – hadyani qavmu qarindosh va qo‘ni-qo‘shnilardan boshlash.

Hadyani qavmu qarindoshlardan boshlash afzal hisoblanadi. Chunki bu ish silai rahm bo‘lib, o‘rtadagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, hadya ulashishda qo‘ni-qo‘shnilardan va ular orasidan ham avvalo yon qo‘shnilardan boshlash afzal sanaladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qo‘shningga yaxshilik qilgin, mo‘min bo‘lasan”, – deganlar. Ya’ni qo‘shnisiga yaxshi muomala qilgan, yaxshi ishlarida ko‘makchi bo‘lgan kishi komil iymon egasi bo‘ladi. Kishining  yaxshi-yomon kunlarida doimo yonida yashaydigan inson uning qo‘shnisi bo‘ladi. Shu ma’noda dastlab qo‘shnisiga hadya berish yaxshilikni o‘ziga yaqin kishilardan boshlash hisoblanadi.

 Uchinchi odob – hadyani arzimas sanashdan saqlanish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni o‘zaro hadya ulashishga targ‘ib qilib shunday deganlar: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “O‘zaro hadya ulashinglar, chunki hadya ko‘ngildagi norozilik tuyg‘usini ketkazadi. Biror ayol ham qo‘shni ayolga qo‘y tuyog‘ining yarmini bo‘lsa ham (hadya qilishni) hargiz arzimas sanamasin”, – dedilar”. Imom Temiziy rivoyat qilgan.

Ya’ni o‘zaro hadya ulashish jamiyat vakillari orasida o‘zaro mehr-oqibat rishtalarining bog‘lanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun hadya beruvchi ham, uni oluvchi ham hadyani aslo arzimas sanamasligi lozim bo‘ladi. Chunki hadya beruvchi agar uni arzimas sanasa, odatda hadya berilmay qolib, undan ko‘zlangan maqsad hosil bo‘lmay qoladi. Hadyani qabul qiluvchi ham berilgan hadya har qancha oddiy bo‘lmasin, aslo arzimas sanamasligi kerak.

Shuningdek, hadyani yoki beruvchisini kamsitadigan gaplarni hazillashib gapirishdan ham qat’iy ravishda tiyilishi lozim bo‘ladi. Chunki bunday qilish oralarini buzish uchun shaytonga imkoniyat eshigini ochish bo‘ladi. Shuning uchun undan tiyilish vojib bo‘ladi.

To‘rtinchi odob – hadyani qaytarmaslik.

Hadyani qabul qilish do‘stlik ramzi va hadya beruvchini hurmat qilish belgisi bo‘ladi. Hadyani qabul qilmay qaytarish esa berilgan hadyani yoqtirmaslik yoki hadya beruvchini kamsitish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bu esa o‘rtada sovuqchilik tushishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham hadisi sharifda hadyani qaytarmaslikka alohida buyruq kelgan:  Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hadyani qaytarmanglar va chaqiruvchini(ng) (chaqiruvini) qabul qilinglar va musulmonlarni urmanglar”, – dedilar”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Ammo hadyani qabul qilmaslik joiz bo‘lgan o‘rinlar ham bor. Masalan, agar berilgan hadyani pora o‘rnida berilganini bilsa, yoki berilgan hadyadan ko‘prog‘ini undan “undirish” yoki boshqa biror g‘arazli niyatini amalga oshirish ilinjida berayotganini sezsa, hadyani qabul qilmaslik mumkin bo‘ladi.

Beshinchi odob – hadya beruvchini taqdirlash

Hadya olgan kishi hadya beruvchiga tashakkur aytib, uni mukofotlashi ham sunnat hisoblanadi. Quyidagi hadis bunga dalildir: Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam hadyani qabul qilar edilar va unga ko‘ra taqdirlar edilar”. Imom Termiziy rivoyat qilgan.  Ya’ni Nabiy sollallohu alayhi vasallam hadya beruvchini bergan hadyasidan afzali bilan yoki o‘shaning mislidek narsa bilan taqdirlaganlar.

Oltinchi odob – hadyani munosib vaqtda berishga harakat qilish

Hayit bayramlari singari ulug‘ kunlarda hadya berish undan ko‘zlangan maqsadning samaralari yanada ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ana shunday ulug‘ kunlarda hadyadan ko‘proq shodlanadigan insonlarni hadya bilan sevintirish afzal ishlardan sanaladi. Hadya berishda dastlab ota-ona va ustozlar singari ulug‘ zotlardan boshlash ham hadya odobiga kiradi.

Shuningdek, hadya berishda munosib o‘rinni tanlashga ham e’tibor qaratiladi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Sahobalar hadyalarini Nabiy sollallohu alayhi vasallamga Oisha onamizning kunlarida berishga harakat qilar edilar. Chunki ular u zot alayhissalomning Oisha onamizga bo‘lgan muhabbatlarini bilar edilar”,-deyilgan.   

Ettinchi odob – munosib hadya tanlash.

Munosib hadyani tanlab berish ham hadyaning muhim odoblaridan biri sanaladi. Shu ma’noda kimgadir kiyim, kimgadir mol, kimgadir kitob va boshqa hadya qilinadigan kishining tabiati va holatiga qarab u yaxshi ko‘radigan munosib hadya tanlashga harakat qilish lozim bo‘ladi. Sakkizinchi odob – hadyani minnat qilmaslik.

Hadya beruvchiga bergan hadyasini minnat qilmasligi vojib bo‘ladi. Chunki minnat qilish hadyaning savobini yo‘q qiladi. Qur’oni karimda sadaqa qiluvchilarga qarata shunday buyruq kelgan: “Ey iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga o‘xshab bekorga ketkazmang”("Baqara" surasi, 264-oyat).

Ushbu buyruq sadaqa qiluvchilarga qarata aytilgan bo‘lsa-da, hech shak-shubhasiz, hadya qiluvchilarga ham taalluqli hisoblanadi. 

Alloh taolo barchamizni o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishimizga sabab bo‘ladigan amallarni ado etish baxtiga musharraf qilsin.  

Olamlar Robbisiga hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning oilalari va sahobalariga salavot va salomlar bo‘lsin!

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar yillik tonna hisobida ko‘rsatildi

Ўзбекистон ҳам юқори ўринларда туради: 10-ўрин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

"Oreshnik" zarbalari dunyoni yadroviy urush yoqasiga olib kelmoqda – Kaya Kallas

Келгуси ҳафтада Европа Иттифоқи мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари Россияга босимни қандай кучайтиришни муҳокама қилишади

Zelenskiy Kiyev viloyatiga "Oreshnik" raketasi zarba berganini tasdiqladi

Украина Қуролли кучлари Ҳаво кучлари маълумотларига кўра, Россия тунда мамлакат бўйлаб 90 та ракета ва 600 та дрон учирган.

Gvardiolaning so‘nggi bahsiga rekord darajada muxlis tashrif buyurdi

«Манчестер Сити» ўз уйи — «Этихад» стадионида томошабинлар ташрифи бўйича янги рекорд ўрнатди.

Pentagon e’lon qilgan “sirli uchar jism” tarmoqda kulgiga sabab bo‘ldi

Айрим фойдаланувчилар уни “фаришта” ёки “ўзга сайёралик” деб тахмин қилган.

Evropaning Rossiya bilan muzokaralarida potensial nomzod paydo bo‘ldi

Финляндия президенти Александр Стубб Россия билан музокараларда Европа Иттифоқи вакили сифатида қатнашишга тайёрлигини билдирди. У бу ҳақда Yle телеканалида баёнот берди.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.

Myunxenda Xitoy josuslari ekani gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi – DW

Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.