Uxanda 200dan ortiq simptomsiz koronavirus tashuvchilar aniqlandi

Uxanda 200dan ortiq simptomsiz koronavirus tashuvchilar aniqlandi

Xitoyning Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) 14 may kuni boshlangan ommaviy sinov paytida 200dan ortiq asimptomatik koronavirus tashuvchisi aniqlandi.

10 kun ichida 11 million odam istiqomat qiladigan Uxanda 6,68 millionta sinov o‘tkazildi va 206 nafar simptomsiz koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida koronavirus tarqalishining markaziga aylangan Uxanda karantin joriy etilgan bo‘lib, u 76 kun davom etdi. Epidemiya boshlangandan beri shaharda 50 mingdan ortiq bemor ro‘yxatga olingan, 3869 kishi ushbu kasallikning qurboniga aylangan.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!